
Fransiya delegatsiyasi «Invest in Namangan» xalqaro forumida ishtirok etdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu tadbirda Fransiya Burbonlar qirollik sulolasi a’zosi Amori de Burbon Parma ham ishtirok etgan.
“U tashrifi davomida Namanganning investitsion, eksport va turistik salohiyati bilan tanishdi», - deyiladi xabarda.
Amori de Burbon Parma ishlab chiqarish va sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, viloyat rahbariyati va tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Fransiya delegatsiyasi tarkibida energetika, qurilish, chiqindini qayta ishlash, qayta tiklanuvchi energiya, kommunal, transport hamda innovatsion texnologiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi «Schneider Yelectrics», «Suez», «Veolia», «WeKanCode» kabi kompaniyalar vakillari ham bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar