15:56 / 12.06.2019
2 804

Rossiya harbiylarini «Udav» to‘pponchalari bilan qurollantirish boshlandi

Rossiya harbiylarini «Udav» to‘pponchalari bilan qurollantirish boshlandi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya harbiy xizmatchilariga «Udav» to‘pponchalarining birinchi partiyasi topshirildi. «RIA Novosti»ning yozishicha, bu haqda Aniq mashinasozlik markaziy ilmiy-tadqiqot instituti bosh direktori Albert Bakov ma’lum qilgan.

«Malakali jangovar ekspulatatsiya o‘tkazilmoqda», — deb aytgan Bakov.

To‘pponcha 9x21 millimetrli patron ostida ishlab chiqilgan va 1951 yildan beri foydalaniladigan Makarov to‘pponchasi (MT) o‘rnini egallashi kerak. Idoralararo komissiya «Udav»ni seriyali ishlab chiqarishga ruxsat bergan.

Rossiya Qurolli kuchlarida MTni almashtirishga bir necha bor urinish bo‘lgan, lekin barcha yangi to‘pponchalar, xususan, Yagirin va Serdyukov to‘pponchalari armiyada ommaviy foydalanilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya harbiylarini «Udav» to‘pponchalari bilan qurollantirish boshlandi