Ayni damda O‘zbekistonda 1,4 mln kishi rasman ishsiz, deb xabar qilmoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.
O‘zbekistn bandlk va mehna vaziri Sherzod Qudbiyev ma’lum qilishiga ko‘ra, 2019 yilning 1 kvartalida O‘zbekistonda ishsizlar soni iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 %ni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 %ga kam.
Ishsizlik miqdori eng yuqori – 9,7 % bo‘lgan hududlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlaridir. Ish izlayotgan aholi soni 1 391 ming kishini tashkil qildi.
Ishsizlar orasida eng ko‘p uchraydigan toifa – bu 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi – 15,3 %ni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilda – 9,7 %ni tashkil qilgan edi. Ayollar orasida ishsizlik darajasi – 13 %ni tashkil qildi.
Vazir ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi soni 18 954 000 kishini tashkil qiladi. Shundan 13 376 000 kishi ish bilan ta’minlangan.
Ishlaydiganlar orasida 5 403 000 kishi rasman ishlaydi (40,5%). Qolgan 7 964 000 (59,5%) kishi esa norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shundan 2 365 400 kishi xorijda ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?