Senat a’zosi Farrux Dadaxodjayev Senatning 20-yalpi majlisida “Qurol to‘g‘risida”gi qonunning asosiy maqsadi qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mulkni himoya qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash ekanligini ta’kidladi.
Senator qonunning bir qancha ahamiyatli jihatlarini sanab o‘tdi. Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasining asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
- qonuniylik, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, saqlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish ustuvorligi;
- sohaga oid xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarilishi;
- axborotning oshkoraligi va undan foydalana olish.
Qonunning ma’qullanishi mamlakatimiz hududida qurol muomalasining huquqiy asoslarini belgilashga, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki himoyasini ta’minlashga hamda quroldan noqonuniy foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, qonunda qurol, o‘qotar qurol, gazli qurol, kalta stvolli qurol, pnevmatik qurol, signal beruvchi qurol, sovuq qurol, uloqtirish quroli, o‘q-dorilar, qurol muomalasi va qurol egasi kabi asosiy tushunchalar ochib berilmoqda. Qonunga asosan, mo‘ljallangan maqsadi, asosiy parametrlari va tavsiflari bo‘yicha qurol fuqaroviy, xizmat va jangovar qurol turlariga bo‘linmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi