Kecha, 25 iyun kuni soat taxminan 12.00da Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
«Howo» rusumidagi yuk mashinasining 32 yoshli haydovchisi Talgat T. «Bunyodkor» ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va 6 ta avtomobil: «Matiz» (33 yoshli Erkinjon R. boshqaruvidagi), «Kobalt» (26 yoshli Ahliyor E.), «Lasetti» (61 yoshli Abdumannab A.), «Spark» (35 yoshli Jahongir T.), «Matiz» (29 yoshli Sherzod A.), «Matiz» (23 yoshli Shamsiddin A.) bilan to‘qnashuv sodir etgan. Hodisa oqibatida haydovchilar jarohatlanmagan.
Yo‘l bo‘yida ketayotgan 21 yoshli Sanobar T. avtomobillarning biridan uchib ketgan butlovchi qism zarbidan jarohat olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Voqeaning dastlabki sababi: yuk mashinasi haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. YTHning aniq tafsilotlari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)