16:23 / 27.06.2019
4 409

Yo‘nalishli taksilar faoliyati qanday tartibga solinadi?

Yo‘nalishli taksilar faoliyati qanday tartibga solinadi?
Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Yo‘nalishli taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasini joylashtirildi. Loyihada yo‘nalishli taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash va 2020 yil 1 yanvardan amaliyotga tatbiq qilish ko‘zda tutilgan.

Nizom loyihasiga muvofiq yagona tanish belgilari 2 guruh — ichki va tashqiga bo‘linishi mumkin:

«Yo‘nalishli taksilarni ichki ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

— avtotransport vositasining davlat raqami belgisi haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, yo‘lkira qiymati (so‘mlarda), yo‘lovchi tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati, shuningdek majburiy sug‘urta qilinganlik haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan tablichka.

Tablichka esa avtotransport vositasining yo‘lovchilar bemalol o‘qiy oladigan joyiga o‘rnatiladi.

Yo‘nalishli taksilarni tashqi ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

a) avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs – yo‘lovchi tashuvchining nomi;
b) yo‘nalishli taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi» , — deyilgan hujjat loyihasida.

Ushbu qaror loyihasiga bir qator vazirliklar mas’ul etib belgilash, jumladan qaror loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga:

2020 yil 1 yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki ma’lumotlarga ega bo‘lmagan yo‘nalishli taksilarga litsenziyalar berilishini taqiqlash va bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning talablari va topshiriqlarini amalda bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
— yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yo‘nalishli taksilarga berish uchun I tip – ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining maxsus «YT...» seriyasini ajratishi belgilangan.

Haydovchiga qo‘yiladigan talablar

«Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishli taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida:

— yengil turdagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “V” ruxsat belgisi bo‘lgan;
— avtobus, mikroavtobus turidagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “D” ruxsat belgisi bo‘lgan;
— 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.

Mazkur Nizom haydovchilari yo‘lovchilarni yo‘nalishli tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan avtotransport vositalarining (yo‘nalishsiz taksilar, avtobus va xorijiy mehmonlar (turistlar)ni tashiydigan avtotransport vositalardan tashqari) barcha turlariga tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘nalishli taksilar faoliyati qanday tartibga solinadi?