2 536
“O‘z fikriga ega bo‘lish va uni erkin ayta olish sivilizatsiyalashgan jamiyatning prinsipial xususiyati”
Men jamiyatda tengsizlik va kamsitishlarning barcha, xususan, gender bo‘yicha ko‘rinishlariga izchil ravishda qarshi chiqib keldim va qarshi chiqyapman.
Biroq hozir meni nima ko‘proq cho‘chitayotganini ham bilolmayapman: ayollar erkaklardan ko‘ra yomonroq fikrlaydi degan deputatning bema’ni so‘zlarimi yoki uni hamma joydan quvib solish kerakligi haqida hukumat va partiyalarga chaqiriqlar va aytganlari uchun u uchrayotgan ochiq-oshkora ta’qiblarmi.
Albatta, sivilizatsiyalashgan jamiyat o‘z a’zolarining gender bo‘yicha kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Biroq o‘z fikriga ega bo‘lish va uni aytish ham zamonaviy sivilizatsiyalashgan jamiyatning prinsipial xususiyati va rad qilib bo‘lmaydigan jihati hisoblanadi. Biz barcha insonlar, jumladan, deputatlarda bizning nuqtai nazarimizda eng ahmoqona hisoblanadigan fikrlarga ega bo‘lish va uni aytish huquqi borligini tushunishimiz kerak. Agar hozir bu deputatni “uradigan” va haydaydigan bo‘lsak, qolgan barcha deputatlar va amaldorlar uzoq muddat jim qoladi, ular siz-u bizning hayotimizni belgilab beradigan u yoki bu masalalarni yechishda qaysi g‘oyalarga tayanishini hech qachon bila olmaymiz.
Zamonaviy, demokratik jamiyatlarda odamlar siyosiy “ekzekutsiya” o‘tkazishga chaqirmaydi, kishilar o‘z deputatlarini tinglaydi va ular qoniqtirmaydigan bo‘lsa, kelgusi saylovda ularga ovoz bermaydi. Juda bo‘lmasa, deputatning vakolati muddatidan oldin tugatiladi. Lekin tahqirlash va ta’qib qilish to‘g‘ri emas.
Zafar Hoshimov
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi