4 669
Ro‘zador o‘quvchilarni yugurtirgan qo‘qonlik maktab direktori jinoyat ustida qo‘lga olindi
Ramazonda ro‘zador bolalarni maktab hovlisida yugurtirgani aytilgan Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori F.J. kecha, ya’ni 27 iyun kuni pora olayotganida korrupsiyaga qarshi kurash xodimlari va Qo‘qon shahar departamenti xodimlari tarafidan maktab hovlisida qo‘lga olingani xabar qilinmoqda.
F.J.ni taniganlar spirtli ichimliklar ichib turishi va kuchishlatar tuzilmalaridagi suyanchiqlariga ishonib, noo‘rin ishlarni amalga oshirganini aytadilar.
F.J.ni bugun, ya’ni 28 iyunda ish joyida ko‘rishganda u hammasi tinchiganligini, tanishlari orqali muammosini hal qilganligini va gapni tarqatmaslikni aytgan.
Ayni damda, F.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi bilan Qo‘qon shahar prokuraturasi tarafidan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda. F.J. avval ham sudlangan. 2000 yilda 209-modda, 2013 yil 210-modda bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. F.J. joriy yilning 6 may kuni o‘quvchilarni maktab hovlisida yugurtirgani uchun 30 foizlik jarima bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?