
Farg‘ona davlat universitetiga bu yil 72 yoshli ayol hujjat topshirgan. Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov bu haqida ma’lumot berdi. Bu haqda O‘zA yozyapti.
Anjumanda qayd etilishicha, joriy yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda yoshga doir cheklovlar olib tashlangan. Shuningdek, salomatlik holati bo‘yicha ma’lumotnoma ham so‘ramayapti.
Hozirga qadar 70 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan. 1 iyuldan boshlab kunlik hujjat topshirish ko‘rsatkichi keskin ortgan. Kechagi kunning birinchi yarmida 10 mingdan ko‘p hujjat topshirilgan.
Farg‘ona Davlat UniversitetiYoshli AyolOliy Ta’limHujjat TopshirishSalomatlik HolatiYoshga Doir Cheklovlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar