
Foto: FVV
Joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 12:30larda Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. «Spark» rusumidagi avtomobili bilan «Bo‘zsuv» kanaliga tushib ketgan. Bu haqda FVV xabar berdi.
Hodisaga aniqlik kiritilganda, fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida to‘satdan hushidan ketgani ma’lum bo‘lgan. Natijada, 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo‘lgan «Bo‘zsuv» kanaliga qulagan. Mashina suvga to‘lgandan so‘ng, N.I. darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: FVV
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, mashinani kanaldan chiqarib olishgan. Bu haqida fuqaro N.I. o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ko‘rsatilgan yordam uchun vazirlik vakillariga minnatdorlik bildirgan.
Qibray TumaniSpark AvtomobiliBo‘zsuv KanalFavqulodda VaziyatlarMashina QutqaruviIjtimoiy Tarmoq O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar