O‘zbekistonda chiqarilayotgan avtomobillar uchun elektrojgut yetkazib beradigan UzKOJE qo‘shma korxonasi direktori Baxtiyor Abdurahmonov kunduzi yoqib yuriladigan chiroq haqidagi savollarga javob berib o‘tdi. Shu bilan birga mutaxassis avtomobillarning ommaviy yonishi haqida fikr bildirarkan, bunga kabel tizimining aloqasi borligini inkor etdi.
«Avtomobillar yonishida biz ishlab chiqargan elektrojgutning aloqasi yo‘q. Chunki, korxonamiz ishlab chiqargan har bir mahsulot laborotoriyada to‘liq tekshiruvdan o‘tadi. Biz mahsulotimizzni 130 gradus issiqlikda sinab ko‘ramiz.
Elektr tizimi himoyalangan va sim zararlangan taqdirda ham olov himoya qoplamidan tashqariga chiqmaydi. Sim hatto erishga ham ulgurmaydi, darhol rele uziladi va avtomobil dvigateli o‘chadi. Kompyuter sizga qayerda muammo borligini ko‘rsatib beradi.
Yong‘in nimadan kelib chiqishi mumkin? Agar avtomobilga qo‘shimcha uskunalar qo‘lbola uslubda joylashtirilgan bo‘lsa, bunda biz ishlab chiqqan tarmoqqa aralashuv bo‘lib, qo‘shimcha uskunaga tok olib boriladi. Shunday vaqtda yong‘in kelib chiqishi mumkin. Chunki qo‘shimcha uskunaga tok tortib ketilganda rele qo‘yilmaydi. Himoya qatlamiga ham zarar yetadi.
Elektr tizimiga ko‘chadagi ustalar tomonidan aralashuv bo‘lganda avtomobilning kabel tizimiga zararlanadi. Aytaylik, biz ma’lum kabelni o‘rnatishda qanchadir tonna bosim bilan siqamiz. Bu narsa avtomatlashtirilgan. Mahsulot tayyor bo‘lgandan so‘ng ham yana tekshiruvdan o‘tkazamiz. Ko‘chadagi ustalar esa ombur bilan shunchaki siqib qo‘yadi.
Kunduzgi chiroqni yoqib yurish haqida qaror qabul qilingandan so‘ng ishlab chiqarilayotgan mahsulotga hech qanday o‘zgarish kiritmadik. Chunki shundoq ham elektr tizimi kunduzi yoqib yuriladigan chiroqqa mo‘ljallangan. Aytaylik, zavod shu vaqtga qadar nafaqat ichki bozor, balki eksportga ham avtomobil chiqargan. Xorijda kunduzgi chiroqni yoqib yurish talabi avvaldan bor. Ulardan hali hech qanday shikoyat tushmagan. Ya’ni, biz chiqargan mahsulot yangi qoidalarga mos keladi», — deydi Baxtiyor Abdurahmonov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?