Foto: Jo‘rabek Kamalov
Internet nashrlarda Qozog‘istonda o‘tkazilgan zotdor qo‘ylar xalqaro ko‘rgazmasida og‘irligi 188 kilo, bo‘ynigacha balandligi 1 metr bo‘lgan Gulliver laqabli qo‘y g‘olib deb topilib, Markaziy Osiyodagi eng yirik qo‘chqor sifatida tan olingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Namangan shahrining Go‘zal dahasi, «Mehnatobod» mahallasida istiqomat qiluvchi Latifjon Mirzaboyev «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev bilan bog‘lanib, uyida boqayotgan qo‘ylari qirg‘izistonlik rekordchidan kam emasligini bildirdi.
Latifjon akani yo‘qlab, uylariga o‘tdik. Qo‘ralarida 20 ga yaqin zotdor qo‘y boqilayotgan ekan. Ulardan chamalab eng yirik to‘rttasini tanlab oldik. Tarozi va metr o‘lchagich keltirildi. Qo‘ylardan biri 178, keyingisi 169, uchinchisi 156 kilo chiqdi.
Foto: Jo‘rabek Kamalov
Taroziga Baron laqabli qo‘chqorni chiqarganimizda 192 kilogramm tosh bosdi. Uzunligi 1 metr 40 santimetr, bo‘ynigacha balandligi esa 1,12 metrni tashkil etdi. Latifjon aka qirg‘iz Hisor zotli bu jonivor kuzda 3 yoshga to‘lishi, hali yana vazn olishini aytdi.
Foto: Jo‘rabek Kamalov
— Bu qo‘ylarim orasida rekordchisi emas. 2016 yilda sotilgan shunday Hisor zotli qo‘yim 242 kilo chiqqan, bo‘yi 1,30 metr edi. 2018 yilda sotilgan golland zotli buqamiz esa O‘zbekistonda rekord qo‘ydi-yov. Og‘irligi 1 tonna 860 kilo bo‘lgan, bo‘yi 1,90 edi, — deydi Latifjon aka.
Foto: Jo‘rabek Kamalov
Foto: Jo‘rabek Kamalov
Foto: Jo‘rabek Kamalov
Latifjon akadan bunday zotdor chorvani parvarishlash sirlarini so‘radik.
— Avvalo chorvaga mehr kerak. Rahmatli otamiz «Uyingda moling bo‘lmasa ham, qoziqda arqoning bo‘lsin» derdilar. Qolaversa, yemishiga e’tibor beramiz. Aslo po‘choq berilmaydi, faqat toza beda, makka yeydi. Muntazam vetshifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi, har hafta cho‘miltiriladi, har oyda juni olinadi. Qo‘rani ko‘ring, hatto ventilyatorgacha bor, — deydi Latifjon Mirzaboyev.
Foto: Jo‘rabek Kamalov
Latifjon aka bilan xayrlashib, bunday qo‘chqorlarni xalqaro tanlov va ko‘rgazmalarda yuborib, O‘zbekistonda, xususan, Namanganda shunday zotli jonivorlar parvarishlanayotganini bildirib turish foydadan xoli emasligi haqida fikrlashdik.
Xullas, Markaziy Osiyoda eng yirik qo‘chqor nomiga Qozog‘istondan g‘olib bo‘lib qaytgan Gulliver emas, Namanganda parvarishlanayotgan Baron da’vogar ko‘rinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”