Foto: IIBB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda 5 yoshli bolani «Matiz» mashinasi urib ketgani va bolaning ota-onasi bundan bexabarligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. IIBB matbuot xizmati ushbu xabar yuzasidan bayonot berdi.
Xabarda aytilishicha, YTH kecha, taxminan soat 19:20da, Sergeli tumanidagi Mirzo Tursunzoda ko‘chasida ro‘y bergan. Besh yoshli R. S. yugurib ko‘chani kesib o‘tayotgan vaqtda 26 yoshli haydovchi Bahrom X. «Matiz» avtomobilida uni urib yuborgan. Haydovchi darhol bolani kasalxonaga yetkazib borgan. U hech qanday og‘ir jarohat olmagan.
R. S.ning ota-onasi jamoatchilik yordamida topildi va ayni vaqtda bola bilan birga. IIBB matbuot xizmati ushbu hodisani yoritishda va bolaning ota-onasini topishda ishtirok etgan blogerlar va boshqa hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi