
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan “O‘zneftmahsulot” AJ tasarrufidagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi 1 381 ta avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini tadbirkorlik sub’ektlariga auksion savdolari orqali sotish bo‘yicha taklif ma’qullandi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Agentlik, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi shunday taklif bilan chiqqan.
Bundan tashqari, olis, yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashning muqobil tizimi joriy qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar