Foto: «Vesti.UZ»
Bu yil kvotalar sezilarli darajada oshdi (20%). Lekin asosan to‘lov-kontrakt asosida kvotalar oshirildi. Ayrim OTMlardagi yo‘nalishlarga umuman davlat granti ajratilmadi ham.
Ta’lim – ehtiyojmi yo hashamat? Asli ehtiyoj, lekin bizga bu ehtiyojni qondirish hashamatga teng bo‘lib turibdi.
Nima qilmoq kerak?
Bu savolga javob izlab o‘zim universitetda o‘tkazgan 5 yilimni esladim. 90-yillar ikkinchi yarmida ta’lim sifati hozirgichalik emasdi, har holda yaxshi domlalar dars berishgan, korrupsiya kam, olimpiadalar va sessiyalar pulsiz o‘tardi. Adabiyotlar tanqisligi ham hozirgichalik emasdi, garchi internet keng yoyilmagan bo‘lsa ham, kutubxonalar boy edi, kitoblar yoqilmagan, yangi alifbo mashmashasi ularga daxl qilmagan edi.
Lekin baribir bugun jurnalistlik, blogerlik, kopirayterlik faoliyatimda erishganlarim uchun universitetdan minnatdorman, desam katta gapirgan bo‘laman. Men uchun diplomim yoki auditoriyalarda eshitgan ma’ruzalarimdan ko‘ra ko‘proq talabalikdan keyingi mehnat faoliyatim, muhit, tajriba, saviyali suhbatlar yaxshi maktab bo‘lgan.
Aytmoqchimanki, oliy ta’lim, ayniqsa, hozirgi shakl va saviyada, bu qadar ajiotajga arzimaydi. Yaxshi shifokor, farmatsevt, huquqshunos, olim... bo‘lish uchun oliy ta’lim kerak, albatta. Ammo yaxshi jurnalist, dasturchi, ixtirochi, shoir, dramaturg, kopirayter, reklama menejeri, tadbirkor va hokazo ko‘plab kasblar borki, diplomsiz ham muvaffaqiyatga erishish mumkin. OTMda o‘qimasangiz ham, kutubxonalarda, forumlarda, anjumanlarda, jarayonda, tajriba orqali o‘qiyvering.
Men Mahfuza Salohiddinovna Imamova, Mirzohid Muzaffar singari bir nechta tillarda erkin gapiradigan, iste’dodli, «tayyor kadr»larni bilaman. Ularga o‘zbek OTMlari yillar davomida o‘z eshiklarini ochmayapti (korrupsiyami yo qiyshiq o‘lchovlarmi, bilmadim). Bunday yoshlar «diplomsiz hech kim emassan» degan noto‘g‘ri aqidaning qurboni bo‘lib uvol ketmasligi kerak. Sizlar diplomsiz ham yetuk kadrsizlar, uka-singillarim.
P.S. Allaqachon masofadan o‘qitish tizimini joriy etish payti kelgan. Mutasaddilardan bu borada innovatsion yechimlar kutib qolamiz.
Shahnoza Soatova
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi