6 290
Sirdaryoda kasalxonada vafot etgan 4 yashar bolaning otasi ikki shifokorni pichoq bilan jarohatladi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialida shifokorlarga tan jarohati yetkazildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan «Daryo»ga quyidagilarni ma’lum qildi.
Filialning shoshilinch bolalar bo‘limiga joriy yil 8 iyul kuni 2015- yilda tug‘ilgan bemor M.S. «O‘tkir respirator kasallik. Gipertermik sindrom» tashxisi bilan og‘ir ahvolda yotqizilgan. 10 iyul kuni bemorda bezovtalik, ko‘ngil aynib, qayt qilish kuzatilgan. Vrach-pediatr N.Esanova tomonidan bemor zudlik bilan bolalar reanimatsiyasi bo‘limiga olib chiqilib, reanimatsiya muolajalari ko‘rsatilgan. Shunga qaramasdan soat 12.10 da bemorda biologik o‘lim kuzatilgan.
Bu haqda ota-onasiga xabar berilgach, soat 14.30 atrofida bolaning otasi pichoq bilan filialning bolalar reanimatsiyasi shifokori A.R. va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bolalar reanimatsiyasi shifokori A.B.ga qasddan jarohat yetkazgan. Vrach A.R.ga tibbiy yordam ko‘rsatilib, jarohatiga choklar qo‘yilgan. Vrach A.B.ning bosh qismi sanchilib kesilgan jarohatiga choklar qo‘yilib, gospitalizatsiya qilingan.
Voqea to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan bo‘lib, bugungi kunda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Filial direktori S. Xudoyberdiyevning qayd etishicha, so‘nggi paytlarda tibbiyot xodimlariga bemor va uning qarindoshlari tomonidan tajovuz va zo‘ravonliklar, hatto qasddan suiqasd uyushtirish holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Jumladan, shu yilning 3 aprel kuni Tez tibbiy yordam navbatchi feldsheri M. Komilov chaqiruvga borgan vaqtida bemor va uning qarindoshlari tomonidan sababsiz ravishda haqoratlanib, TTYo mashinasining oynasi sindirilib, moddiy zarar yetkazilgan. Xuddi shunday holat joriy yilning 8 may kuni ham kuzatilgan bo‘lib, Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi shifokori M. Akromovaga bemor va uning qarindoshlari tomonidan qasddan tan jarohat yetkazilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi filiallarida 2018 yil va 2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida tibbiyot xodimlariga bemor va uning qarindoshlari tomonidan tajovuz qilinishi bilan bog‘liq 50 dan ortiq qonunbuzarlik sodir etilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamiyatda fuqarolarning shifokorlarga tajovuz qilish kabi holatlarning ko‘payib ketayotganini hisobga olib, ushbu illatning oldini olishning eng samarali yo‘llaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar uchun qat’iy javobgarlikni kuchaytirish lozim, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham ayni kunlarda vazirlik Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va qator huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish ustida ishlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?