Joriy yilning 23 iyul kuni Anqaradagi Sheraton mehmonxonasida Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Forumni Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay hamda O‘zbekiston Bosh Vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ochib berishadi. Bu haqda Turkiya nashrlari xabar bermoqda.
Forum ishida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Laziz Qudratov, Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov va boshqa yuqori martabali mutasaddilar ishtirok etishadi.
Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumi energetika, oziq-ovqat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, avtomobilsozlik va tibbiyot kabi sohalarda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari hamda davlat idoralari vakillarining ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Forum doirasida bo‘lib o‘tadigan sessiyalarda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Forumning yakuniy qismida ikki mamlakat kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi