Moskva yaqinida joylashgan shifoxonaning nevrologlari boshida chap yarimshari yo‘q insonga duch keldi. Bu haqda «MK.ru»ga tayanib Daryo yozmoqda.
60 yoshdan oshgan bu inson boshidagi nuqsoniga qaramay armiyada xizmat qilgan, oila qurgan, o‘z kamchiligi haqida umuman bexabar bo‘lgan.
«Ishemik kasallik sabab shifoxonaga olib kelingan bemor kompyuter tomografiyasidan o‘tkazilganida, nafaqaxo‘rning chap yarimshar miyasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Nevrologlar ushbu inson miyasining funksiyasini butun hayoti davomida qolgan yarimshar bajarib kelganini aniqladi», — deydi Ekstrapiramid kasalliklar va ruhiy sog‘liq federal markazi shifokori Marina Anikina.
Ishemik xuruj to‘xtagani sabab, erkakka uyiga ketish uchun ruxsat berilgan. U miyasining yarmi yo‘qligini o‘ylashni ham istamasligini bildirib, keyingi tadqiqotlarda ishtirok etishdan bosh tortgan.
Noodatiy bemor bilan o‘tkazilgan suhbatda ma’lum bo‘lishicha, erkak normal hayot kechirgan. Maktabni muvaffaqiyatli tugatib, institutga kirgan, muhandis. Oilali, ikki nafar farzandi bor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi