Bugun, 15 iyul kuni “Xalqaro press klub”ning "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida" farmonga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
“Maoshlar oshirilishi va inflyatsiya o‘rtasidagi odatda inflyatsiya g‘olib chiqadigan poyga qachon tugaydi? Savolga turtki bo‘lgan omil shuki, hanuz juda ko‘pchilik maoshlar va pensiyalar oshishini hadik bilan kutib oladi, sababi oddiy – narxlar ko‘tariladi, inflyatsiya oshib ketadi. Inflyatsiyani jilovlash bo‘yicha yaqin yoki uzoq muddatli biror dastur bormi?” degan Kun.uz muxbirining savoliga moliya vaziri o‘rinbosari Shohrux Shorahmetov shunday javob berdi:
– Oramizda Iqtisodiyot vazirligi vakillari yo‘q. Men savolingizga qisman javob berishga harakat qilaman. Albatta, maoshlar ko‘tarilishining inflyatsiya oshishiga ta’siri bor. Aslida oyliklar 1 foizga oshishi inflyatsiyani ham 1 foizga oshirmaydi, inflyatsiya kamroq oshadi. Bizda inflyatsiyaga mahsulotlarning narxi oshib borishi ta’sir etadi. Maoshlar va inflyatsiya o‘rtasidagi quvlashmachoq hozircha tabiiy holat.
Hukumat, qator vazirliklar, ayniqsa Iqtisodiyot vazirligi inflyatsiyani kamaytirish bo‘yicha ko‘p ishlar olib bormoqdalar, maxsus yo‘l xaritalari ham qabul qilingan. Biz bir tomondan maoshlarni oshirmoqchi bo‘lamiz, ikkinchi tomondan inflyatsiyani o‘ylaymiz, oltin o‘rtaliqni topishimiz kerak. Hozir hamma tomonni hisobga olib shu foiz rejalashtirilgan. Yana bir jihat – maoshlarni hammaga emas, ayrim-ayrim sohalarga maoshlar oshirilishi (masalan: (tahr.) ta’lim yoki sog‘liqni saqlash sohalarida maoshlar alohida oshirilishi) inflyatsiya keskin oshib ketishining oldini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi