4 291
Toshkentda shifokor klinik o‘lim holatida olib kelingan bolaning hayotini saqlab qoldi (video)
Toshkentdagi klinikalardan birida shifokor ota-onasi tomonidan klinik o‘lim holatida (nafas olishi to‘xtab qolgan) olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qoldi. Bu holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Qayd etilishicha, holat poytaxtdagi xususiy klinikalardan birida yuz bergan. Sergey Vladimirovich ismli shifokor aslida reanimatolog emasligi, biroq klinik o‘lim holatida olib kelingan 2 yoshli bolani qutqarib qolgani aytiladi.
Ma’lumot uchun: klinik o‘lim - qon aylanishi va nafas yo‘qligida bosh miya po‘stlog‘ining yashash vaqti bilan belgilanadi. Klinik o‘lim biologik o‘limdan farqli reanimatsiya chora-tadbirlari o‘tkazilganda bemor hayotga qaytishi mumkin. Klinik o‘lim organizmning asosiy hayot faoliyatining (qon aylanishi, nafas olishi) to‘xtagan vaqtidan boshlanib, bosh miya po‘stlog‘i hujayralarining nobud bo‘lishigacha davom etadi. Bu davr reanimatsiya tadbirlari o‘tkazilganda (nafas va qon aylanishi tiklanganda) bosh miya po‘stlog‘i faoliyati tiklanishi mumkin. Klinik o‘lim davomiyligi odatda 5-6 daqiqa davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"