Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor B.Yusupovdan, undiruvchi R.Axadov foydasiga, jami 43 007 650 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Ijro harakatlari davomida, B.Yusupovning ijro hujjatida ko‘rsatilgan ro‘yxatda turgan manziliga xolislar ishtirokida chiqilganda, qarzdor ushbu xonadonda yashamayotganligi va uning hozirgi yashash joyi noma’lumligi aniqlanib tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Qarzdor B.Yusupov ro‘yxatda turgan xonadonda yo‘qligi sababli qarzdorga nisbatan 21.02.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasi tartibida qidiruv e’lon qilingan va ijro qilish uchun Nurafshon shaxar IIBga yuborilgan hamda Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan ham qidiruv ishlari olib borilgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasiga ko‘ra qarzdor vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan, Toshkent shahar Yunusobod tumani Matonat m.f.y 58-uy 4-xonadonda yashab kelayotganligi aniqlanib, ushbu haqida tegishli dalolatnoma tuzilib, qarzdorga tegishli birinchi ehtiyojdan tashqari bo‘lgan mol-mulklari xatlanib band solingan.
Shu asnoda qarzdor B.Yusupovdan, undiruvchi R.Axadov foydasiga qarz to‘liq undirib berilib, ijro hujjati amalda to‘liq ijro etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi