3 784
Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorchilik bildirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi. Prezident matbuot xizmati mazkur minnatdorchilik matnini keltirgan.
«Tavallud kunim munosabati bilan chin dildan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarini yo‘llagan davlat va hukumat rahbarlari, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalari, turli kasb egalari bo‘lgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman.
Mening sha’nimga bildirilgan bu iliq tabrik va tilaklarni, avvalo, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak ehtirom ifodasi, mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro‘-e’tibori va nufuzining yana bir e’tirofi sifatida qabul qilaman.
Fursatdan foydalanib, mehnatkash, mard va olijanob xalqimizga chin yurakdan o‘zimning cheksiz mehr-muhabbatimni va hurmatimni bildiraman.
Biz xalqimiz bilan birgalikda jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi va el-yurtimiz farovonligiga erishish bo‘yicha oldimizga qo‘ygan ulkan va sharafli maqsadlarga albatta yetamiz, deb ishonaman». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi