Sobiq bosh prokuror Otabek Murodov DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.
«Uning harakatlari, ayni vaqtda Abdullayevga nisbatan ochilgan jinoiy ish doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Qolgan qismi tergov siri bo‘lgani bois, izoh bera olmayman. Bizda rasmiy ma’lumot bo‘lishi bilan xabar qilamiz», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 20-majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev, sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma’lum qilgan edi.
Murodov 2018 yil yanvarida o‘sha vaqtdagi bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev Davlat Xavfsizlik xizmatiga rais sifatida tayinlanganidan so‘ng, uning o‘rniga tayinlangan edi. Bungacha, u davlat rahbarining maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning o‘rinbosari Jahongir Egamovga nisbatan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi