O‘zbekistonning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi 2019 yil 27 iyul kuni Olmaota viloyati Uyg‘ur tumanida sodir bo‘lgan janjalda O‘zbekiston fuqarosi M.K. o‘ldirilgani to‘g‘risida qator OAVlar tarqatgan xabarni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida vatanga jo‘natilgan.
Mazkur jinoyat sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi U.S. qo‘lga olingan va ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratda ushlab turibdi, deyiladi ma’lumotda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-727-291-11-78. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"