31 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Xalk deputatlari Yakkabog‘ tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Tuman axborot xizmati rahbari Bozor Azizovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Safarov Abdirasul Eshtemirovich Yakkabog‘ tuman hokimi etib tasdiqlangan.
Sessiya ishida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etib, nutq so‘zlagan.
Safarov Abdirasul Eshtemirovich 1965 yil 15 fevralda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, 23 iyul kuni Kun.uz saytida «Kun.uz surishtiruvi: Yakkabog‘da tadbirkor hokim o‘rinbosarini yoqib yubormoqchi bo‘ldi. Sabab nimada?» sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Unda Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari M.Tuymayevni tumandagi tadbirkorlardan biri Bahriddin Isomov, katta kredit evaziga yangi qurilgan ikki qavatli binosini buzmoqchi bo‘lgani bois, benzin sepib qasddan yoqib yuborishga uringani, tadbirkor mahallasida ko‘plab uylar aholiga kompensatsiya to‘lanmasdan buzilgani xabar qilingan edi.
Keyinchalik, Bahriddin Isomov ushlanib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tuman hokimi o‘rinbosari M.Tuymayev ham egallab turgan lavozimidan bo‘shatilib, unga nisbatan ham JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan edi.
Buning ortidan Xorazmning Urganch shahrida ham uylari buzilgan aholining kompensatsiya ololmay 2 oydan beri sarson-sargardon yashab kelayotgan qismi viloyat hokimligiga keskin noroziligini bildirdi. Bosh vazir Abdulla Aripov prezident Mirziyoyev topshirig‘i bilan Urganchga bordi va kompensatsiya masalasini joyida hal qildi. Yakkabog‘dagi tovon puli olmagan fuqarolarga ham 1 mlrd 700 mln so‘m berildi.
Bosh vazir Xorazmda o‘tkazgan videoselektor majlisida Qashqadaryo va Xorazm viloyat hokimlariga hayfsan berib, Yakkabog‘ tuman hokimi va prokurorini vazifasidan ozod qilgan edi.
Prezident Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida kompensatsiya to‘lamasdan biror tadbirkor va fuqaro mulki buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha darajadagi hokimlarni keskin ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi