Bir necha kun muqaddam Toshkent ko‘chalarida «Damas» avtomobili yo‘l harakati inspektorlaridan qochib yurgani haqida xabar bergan edik.
Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchining shaxsi aniqlangan. U 30 yoshli Sanjar K. bo‘lib, tegishli hujjatlarsiz avtomobilni boshqargan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Olmazor tumani ma’muriy sudi 30 iyulda ushbu holat bo‘yicha hukm chiqardi. Unga ko‘ra, Sanjar K. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining «Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik» /(1 bo‘lim, 194 modda), «Transport vositasi haydovchisi tomonidan halal berish yoki avariya holatini yuzaga keltirish, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish uchun mo‘ljallangan qismiga o‘tib ketish» (2 bo‘lim, 128-5 modda) va «Kichik bezorilik» (183) moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. Unga nisbatan eng kam ish haqining 11 barobari miqdorida jarima va 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?