O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi» 633-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi.
«O‘zRTXB» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari Ai-91 rusumli benzinni sotib olish uchun ochiq birja savdolarida ishtirok etishadi. Birja savdolarida narx bozor qoidalari asosida, talab va taklifdan kelib chiqqan holda erkin o‘rnatiladi.
«O‘zRTXB» AJ birja bozorida Ai-91 benzinini sotib oluvchilari qatoriga avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan tashqari, benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub'yektlari ham kiradi. Neftni qayta ishlash zavodlari birja savdolarida benzin sotuvchilari sifatida qatnashadi.
2019 yil 7 oy davomida «O‘zRTXB» AJning birja savdolari orqali 18,1 mlrd so‘mlik 2,9 ming tonna Ai-91 rusumli benzin sotilgan. Ai-91 benzini asosiy sotuvchi-korxonalarining boshlang‘ich qiymati benzinning bir tonnasi uchun 5828,5 ming so‘mni, o‘rtacha narxlari esa bir tonnasi uchun 6235,8 ming so‘mni tashkil etdi. Xaridorlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan Ai-91 rusumli benzinining birja savdolariga qo‘yilish hajmlarini ko‘paytirilishi kutilmoqda.
Birja savdosi orqali sotilgan tovar resurclari uchun birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har dushanba kuni soat 17:00 gacha «O‘zRTXB» AJ saytida e'lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin