Foto: «Auz.uz»
Bloger Xushnud Xudoyberdiyev Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan joriy yil 3 avgust kuni imzolangan shoshilinch xabarnomaga e’tibor qaratgan.
Ushbu xabarnomada viloyat tashkilotlari rahbarlariga 4 avgust, yakshanba kuni (!) soat 7:30 da «Xonobod» sanatoriysiga kamida 10 nafar ishchi bilan ishtirok etishi topshirilgan. Tashkilotlar ro‘yxatidan moliya, soliq, bandlik boshqarmalari, banklar, qo‘shma korxonalar, jami 70 ga yaqin korxona-tashkilot o‘rin olgan. Ularga 820 nafar ishchi kuchini jalb etish topshirig‘i berilgan.
Foto: Xushnud Xudoyberdiyev
Foto: Xushnud Xudoyberdiyev
Mazkur xabarnomaga bloger shunday izoh qoldirgan:
«2 avgustda Prezident yonib-kuyib, qayg‘urib, jon kuydirib selektor qildi, bu kishim esa 3 avgust kuni hammani majburiy mehnatga jalb qilish haqida ShOShILINCh TOPShIRIQ beribdi. Maqsad — Prezidentga ishlar jadal ketayotganligi haqida ko‘rsatiladigan videoni chiroyli chiqarish uchun ekan.
Tovba, bularga haqiqatdan mutlaqo farqi yo‘q ekan, na Konstitutsiya, na qonun, na Prezident gaplari ta’sir qiladi.
Qoyil, shunchaki qoyil! Yurak ham naq kitning yuragi ekan! Gap yo‘q, Shuhrat aka!» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat