O‘zbekistonda sodir bo‘lgan avtohalokatda uch nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Daryo” nashri.
YTH 3 avgust kuni Navoiy viloyati hududidagi Nurota—Jizzax—Forish yo‘lida yuz bergan bo‘lib, Nexia qarama-qarshi tarafdan kelayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Nexia’da 7 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ularning 2 nafari voyaga yetmagan shaxs bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida (1952, 2013 va 2016 yillarda tug‘ilgan) 3 nafar qozog‘istonlik fuqarolar halok bo‘lgan.
Yana uch nafar qozog‘istonlik jiddiy jarohat olib, Nurota tumani kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ta’kidlanishicha, hozir ular hushiga kelgan, ammo ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Xabarda aytilishicha, avtohalokatga uchragan Qozog‘iston fuqarolarining barchasi kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan. Shu sababli halok bo‘lganlarning qarindoshlari ularni O‘zbekistonda dafn qilishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi