Saqlash muddati va sharoitiga rioya qilinmagan, ishlab chiqaruvchi tomonidan tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan tibbiyot anjomlari yurtimiz aholisi uchun qay darajada xavfli ekanligini qonunbuzarlar hech o‘ylab ko‘rganmikan?
Jumladan, “Daut-ata” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro A.Sh. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, uning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan qiymati 40 million so‘mlik 4000 dona sifati kafolatlanmagan shpritslar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 191-sonli qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun 5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy buyumlarni olib kirishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi