O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan atom elektr stansiyasi (AES)da ishlatilgan yoqilg‘i Rossiyada qayta ishlanadi. Bu haqda «O‘zatom»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi 1968 yil 1 iyuldagi yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma, 1979 yil 26 oktyabrdagi Yadroviy materiallarni va yadroviy qurilmalarini jisman himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiya, 1997 yil 5 sentyabrdagi Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi birlashgan Konvensiya a'zosi hisoblanib, ishlatilgan yoqilg‘ilarni qayta ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga tashish rejalashtirilgan.
“Qayta ishlash jarayonida barcha qimmatbaho yadro materiallari olinadi, qolgan qismi bug‘lash va presslash yo‘li bilan mustahkamlanadi va keyinchalik O‘zbekistonga qaytariladi. Rossiya qonunlariga ko‘ra, mamlakatga radioaktiv chiqindilarni olib kirish taqiqlanadi. Har bir mamlakat o‘z hududida radioaktiv chiqindilarni saqlashi lozim”, - deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, shu boisdan «O‘zatom» agentligi va «Rosatom» davlat korporatsiyasi mutaxassislari ushbu masala, ya'ni ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv faol chiqindilar bo‘yicha uzviy hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Yaqin vaqt ichida bu borada xalqaro tajriba inobatga olingan holda yadro yoqilg‘isi va radioaktiv faol chiqindilarga doir Strategiya ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi