2 734
Energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilganlarga xarajatning 30 foizi miqdorida kompensatsiya beriladi
Prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
- xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (oʻrtacha 200 litr) oʻrnatiladi;
- nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.
2020-yil 1-yanvardan:
jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
- quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun 3 million soʻm;
- quyosh suv isitkichlar uchun 1,5 million soʻm;
- gaz-gorelkali qurilmalar uchun 200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.
Qaror bilan 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi