Foto: «Fishki»
Shirin bulg‘ori yoki garmdori odatda qizil, sariq yoki yashil rangda bo‘ladi. Biroq tabiatda qo‘ng‘ir va binafsha ranglilari ham uchraydi. Bulg‘orilarning rang-barangligi nimani anglatadi?
Bulg‘ori texnik va biologik yo‘l bilan pishadi. Birinchi holatda — meva yetarlicha yetilmaydi, lekin iste’molga yaroqli bo‘ladi. Mazkur bosqichda u yashil, och gunafsha va to‘q binafsha rangda bo‘lishi mumkin. To‘liq pishganda mevaning bu navlari qizil tusga kiradi — bunday bulg‘ori biologik pishgan sanaladi. Oxirida u shokolad-qo‘ng‘ir rangga kiradi.
Foto: «Fishki»
Bulg‘ori rangi u yoki bu pigment borligiga bevosita bog‘liq. Mazkur mahsulotni likopin qizil, beta-karotin sariq, xlorofill yashil, antotsianlar binafsha rangga bo‘yaydi. Diqqatga molik jihati shundaki, tabiiy pigmentlar bulg‘ori hatto uzoq muddat saqlanganda ham parchalanmaydi, aynan ularning ko‘p miqdorda bo‘lishi mahsulotni foydali qiladi. Tarkibida S vitamini ko‘pligi bo‘yicha bulg‘ori limon va qora smorodinadan, A vitamini bo‘yicha esa sabzidan qolishmaydi. Bundan tashqari, bulg‘ori tarkibida magniy, yod, rux, kalsiy, kaliy, fosfor, temir hamda odam salomatligi uchun boshqa foydali elementlar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi