O‘zbekistonda xalq ta’limi xodimlari oylik ish haqi oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Bir haqiqatni to‘g‘ri anglab olishimiz kerak - maktab o‘qituvchisini moddiy rag‘batlantirmasak, uning hayot sifati darajasini oshirmasak, hech qanday islohot haqida gapira olmaymiz.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi (Aripov, Abduhakimov), Moliya vazirligi (Ashrafxonov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) Xalq ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida ikki oy muddatda 2020 yilda xalq ta’limi xodimlari oylik ish haqini oshirish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Bunda, mahalliy hokimliklar tomonidan olis qishloqlarda joylashgan maktablarga o‘qituvchilarni jalb etishni yanada rag‘batlantirish uchun ularga uy-joylar, avtotransport uchun kreditlar berish, uning moliyaviy manbalarini belgilash choralari nazarda tutilsin», - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Sharmandaga shahar keng
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi