2019 yilning 19-23 avgustlarida o‘tkazilgan birja savdo yakunlariga ko‘ra, «O‘zRTXB» AJ birja savdolariga jami 1910,0 tonna AI-91 rusumli avtomobil benzini quyildi.
Jumladan, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ birja savdolariga 1590,0 tonna, va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ 320,0 tonna AI-91 rusumli benzinini sotuv uchun qo‘yishdi. Sotuvchi tomonidan belgilanadigan AI-91 benzin uchun boshlang‘ich narx, uning bir tonna uchun 6216,4 ming so‘mni tashkil etdi.
AI-91 benzini bo‘yicha birja savdolari dushanbadan jumagacha har kuni birja savdolari jadvaliga muvofiq o‘tkazildi. Birja savdolari davomida AI-91 rusumli avtobenzinini sotib olish uchun buyurtmalar yuridik shaxslar, shu jumladan yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlari va avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan kelib tushdi.
Haftalik birja savdo natijalariga ko‘ra «O‘zRTXB» AJda 12,2 mlrd so‘mlik 1910,0 tonna AI-91 benzini, ya’ni uning savdoga qo‘yilgan barcha hajmi sotilgan. AI-91 rusumli benzinning haftalik kotirovkasi uning amaldagi boshlang‘ich narxiga nisbatan 2,5 %ga o‘sib, bir tonna uchun 6370,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi” 633-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 15 avgustdan boshlab AI-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi