2 906
Samarqandda «Spark» va «Nexia» bosib o‘ldirishga uringan it quturgan bo‘lgani aytilmoqda (video)
28 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda «Spark» va «Nexia» mashinalari haydovchilari itni bosib o‘tishga urinayotgani videosi tarqalgandi va bu holat turli munozaralarni keltirib chiqargandi.
O‘sha videoda aks etganidek, oldiniga bunga «Nexia» haydovchisi itni mashinada turtib o‘tadi, so‘ng «Spark» mashinasi uni bosib ketishga harakat qiladi. Bu holat patrul-post xizmati avtomobili yonida ro‘y berdi.
«Zarnews.uz» nashrining viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, 28 avgust kuni soat 1:30 da Samarqand shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan shaharda bir guruh fuqarolarni it tishlagani haqida shoshilinch xabarnoma kelib tushgan.
Shu xabarga asosan soat 3:00 da shahar IIB PPXB va JSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va it ovlash brigadasi voqea joyiga yetib borib, quturganlikda gumon qilingan itni ushlash choralarini ko‘rgan.
Ushbu jarayonda it tadbir ishtirokchisi bo‘lgan ichki ishlar xodimiga ham tashlangan. Shu sababli itni ushlashda zarur choralar ko‘rishga to‘g‘ri kelgan.
Odamlarga tashlangan it ushlangach, shahar veterinariya bo‘limi tomonidan viloyat veterinariya boshqarmasi virusologiya laboratoriyasiga yuborilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoda aks etgan it 15 nafar fuqaroga tashlanib, ularga jarohat yetkazgan. Bu fuqarolarning barchasi shifoxonaga yotqizilib, antirabik emlash kursi olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi