
O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan 1 sentyabr kuni soat 21:00 dan boshlab Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydoni oldida to‘qqiz daqiqa davomida bayram mushakbozligi bo‘lib o‘tdi. Jarayon «O‘zbekiston 24» telekanali orqali jonli efirda ham namoyish etildi.
Toshkent shahar hokimligi xabar berganidek, xitoylik mutaxassislar tomonidan tashkillashtirilgan tomoshada 80 xil rangdagi 2723 ta mushak otilgan. Ularning eng kuchlisi 350 metr balandlikkacha chiqqan — ta’kidlashlaricha, O‘zbekistonda bu qadar yuqori chiqadigan mushak hali otilmagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar