19:58 / 02.09.2019
3 725

Saida Mirziyoyeva: "Otamning ko‘zlariga tikilib turib, nigohlarida qat’iyat va ishonchni ... ko‘raman"

Saida Mirziyoyeva: "Otamning ko‘zlariga tikilib turib, nigohlarida qat’iyat va ishonchni ... ko‘raman"
Foto: Facebook/Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva otasi — Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonadi hamda davlat rahbari boshlagan ishlarga nafi tegishi uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Mirziyoyeva xonim bu haqda mustaqillik bayrami munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qoldirgan tabrik postida to‘xtalib o‘tgan.
28 yil! Bu sanani turlicha talqin etish mumkin! Biz yosh davlatning yosh avlodi vakillarimiz va O‘zbekiston kelajagi barcha yurtdoshlarimiz qatorida bizga ham bog‘liq, nazarimda. Har bir inson — ijodkor va xatti-harakatlari uchun faqat o‘zi mas’uldir! Buni anglab yetilsa, hayot osonlashadi...

Har kuni otamning ko‘zlariga tikilib turib, nigohlarida qat’iyat va ishonchni – hamma ko‘zlaganlari albatta amalga oshishiga bo‘lgan ishonchni ko‘raman! Men ularga ishonaman! Yelkadosh jamoalarining barcha a’zolari kabi men ham ularga ergashib, nafim tegishi uchun bor imkoniyatni ishga solaman. Yolg‘izlikda marrani egallab bo‘lmaydi.

Shu bois, O‘zbekistondagi farovon hayotni hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil mehnat qilib, yelkama-yelka turib qurishimiz kerak. Toki, buyuk ajdodlarimizning ruhi shod bo‘lsin. Toki, jamiyatimizdagi muqaddas qadriyatlar — an’analarimiz, urf-odatlarimizga tayanib boshlagan ezgu ishlarimizning davomchilari bo‘lgan baxtli farzandlarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lsin.

Hayotning bebaho mazmuni shudir aslida! Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Saida Mirziyoyeva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva: "Otamning ko‘zlariga tikilib turib, nigohlarida qat’iyat va ishonchni ... ko‘raman"