Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Avgust oyida Chechenistonning Shali shahrida yirik masjidning ochilishi va xalqaro Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Musobaqada 25 davlatdan hofizi Qur’onlar ishtirok etdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini Yo‘ldosh qori Nuriddinov himoya qildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rin sohibiga 100 ming dollar, ikkinchi o‘ringa 50 ming dollar, uchinchi o‘ringa esa 25 ming dollar miqdorida mukofot pullari topshirildi.
1-o‘rin: Liviya
Ishtirokchi: Abdurahmon al-Bashir Solim
Rivoyat: imom Qolunning imom Nofe’dan rivoyati
Ball: 100
2-o‘rin: Yaman
Ishtirokchi: Abdulmajid Mujohid Aliy as-Samoviy
Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoyati
Ball: 99.97
3-o‘rin: Suriya
Ishtirokchi: Ahmad Muhammad Umar
Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoyati
Ball: 99.90
O‘zbekistonlik qori Nuriddinov Yo‘ldoshbek imom Hafsning imom Osimdan rivoyati asosida tilovat qilib, 100 balldan 98,37 ball to‘pladi va 7-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov 23 avgust kuni Chechenistonda Samarqand va Buxoro mumtoz me’morchiligi uslubida o‘zbek me’morlari tomonidan barpo etilgan Yevropadagi eng yirik masjidni ochgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi