17:20 / 08.09.2019
4 869

Surxondaryo hokimi o‘rinbosari o‘z nikoh to‘yini namunaviy tarzda o‘tkazdi

Surxondaryo hokimi o‘rinbosari o‘z nikoh to‘yini namunaviy tarzda o‘tkazdi
Foto: Telegram / @axborot_xizmati
Termiz shahrida 7 sentyabr kuni namunali to‘y o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati. Anvarjon va Munisaxon Oripovlarning nikoh to‘yida 167 kishi qatnashgan.

«Eng yaqin qarindoshlar, kichik jamoa, kelin-kuyovning oila a’zolari ishtirokida ixcham, dabdabadan xoli o‘tkazilgan visol oqshomida kuyovning ota-onasi Hamid aka va Muborak opaning mehmondo‘stlik, xushmuomalalik hislatlari namoyon bo‘ldi, orzu-havaslari ushaldi», — deyiladi hokimlik axborotida.

Ma’lumot uchun, Anvarjon Oripov Surxondaryo viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.

Qayd etish joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘ylarni ixchamlashtirish, namunaviy tarzda o‘tkazish haqida bir necha bor fikr bildirgan edi. Xususan, 2018 yil martidagi chiqishida to‘ylardagi mehmonlar soni 150 kishidan oshishi maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlagan, 2018 yil iyulida esa Toshkentning Olmazor tumani aholisiga 50 kishilik namunaviy to‘ylarni boshlab berishni taklif qilgan edi.

Shundan so‘ng Olmazor tumanida 100 kishi ishtirokida kamida ikkita to‘y o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, Andijon viloyatida olmazorlik kuyov ishtirokida 30 kishilik to‘y marosimi ham tashkil etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryo hokimi o‘rinbosari o‘z nikoh to‘yini namunaviy tarzda o‘tkazdi