Fuqarolik ishlari buyicha Ohangaron tumanlararo sudining karzdor G.Gʻofurovdan undiruvchi R.Gʻofurova foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro xujjatlari kelib tushgan. Qarzdor ota aliment pullari u yoqda tursin, hatto bolalaridan ham xabar olishni oʻziga ep bilmagan. Turli vaj-karsonlarni bahona qilib, toʻlovdan boʻyin tovlab yuravergan.
Kun oʻtayapti, goʻdaklar katta boʻlishayapti. Shunga yarasha ularning ehtiyojlari ham oʻsib boraveradi. Buning ustiga otaning toʻlanmagan pullari ham togʻdek ulgʻayib borishi tayin. Ogohlantirishlarga qaramay aliment pullarini toʻlamay kelgan otaga nisbatan jiddiy jazo qoʻllanishiga toʻgʻri keldi. Ijro harakatlariga oid barcha hujjatlar tegishli tartibda maʼmuriy sudga oshirildi.
Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan jami 51 mln. 618 ming soʻm aliment pullarini toʻlamasdan kelganligi sababli qarzdorga Shirin shahar maʼmuriy sudining karoriga koʻra 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bundan tegishli xulosa chiqarish otaning masʼuliyati va mehriga havola. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi