Jamiyatda qonun talablarini hamma birdek his etib, mas’uliyat bilan bajarmog‘i lozim. Zero, qonun oldida hamma barobar. Lekin quyida aytmoqchi bo‘lganimiz qarzdor o‘z vaqtida soliq qarzdorligini to‘lamaganidan qarzdorlik salkam 20 mln. so‘mga yetganini ko‘rish mumkin.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 03.04.2019 yildagi varaqasiga asosan, qarzdor B.Jumamuratovadan undiruvchi Yunusobod tuman DSI foydasiga 19 mln. 275 ming 780 so‘m soliq qarzi hamda davlat foydasiga 771 ming 031 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, ijro ishi davlat ijrochisi tomonidan 2019 yil 22 may kuni qo‘zg‘atish qarorini qabul qilingan.
Ammo, qarzdor B.Jumamuratova mazkur ijro hujjati yuzasidan Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisini qonuniy talablarini bajarmasdan, qarzdorligini to‘lamasdan kelagan.
Shu sabab davlat ijrochisi tomonidan qarzdor B.Jumamuratovaga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning Yunusobod tuman bo‘limining qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv chora-tadbirlari natijasida B.Jumamuratovaga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasi topildi.
Ijro ishi yuzasidan qarzdorga nisbatan huquqiy tushuntirish ishlari natijasida Yunusobod tuman DSI foydasiga B.Jumamuratovadan 19 mln. 275 ming 780 so‘m soliq qarzi undirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?