5 010
«Agrobank» xodimi 245 nafar o‘qituvchi nomidan 735 million so‘mlik soxta kredit rasmiylashtirgani aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi.
Unda ATB «Agrobank» Izboskan filiali Front-ofisining bo‘limi boshlig‘i J.X., tumandagi maktablarning o‘qituvchilariga yillik mikroqarz krediti ajratish uchun soxta kredit hujjatlari tuzgani aniqlandi.
Xodim ushbu hujjatlar asosida 245 nafar o‘qituvchilarning har biriga naqd pulda 3 mln. so‘mdan jami 735 mln. so‘m mikroqarz ajratilishiga va pullarni bank kassasidan yechib olishiga erishib, lekin ushbu pullarni o‘qituvchilarga berish o‘rniga «Lenovo» rusumli noutbuklarni berganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi