Majburiy ijro byurosining Angren shahar bo‘limi ish yurituvida,fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlarora sudining buyrug‘iga asosan, Angren shaharda istiqomat R.Rasulovdan sobiq turmush o‘rtog‘i S.Rasulovaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun, barcha oylik daromadlarini 1/3 qismi miqdorida aliment pullarini undirish belgilangan edi.
Biroq, alimentchi ota 2017 yil yanvar oyidan 2019 yil iyun oyini qo‘shib hisoblaganda 29 (yigirma to‘qqiz) oy davomida har oyda 502 ming 688 so‘m so‘mdan jami 14.577.978 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.
Natijada, ma’muriy ishlar bo‘yicha Angren shahar sudining qarori bilan R.Rasulov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilib, 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsada, qarzdor ota bundan xulosa chiqarmadi.
Mazkur xolat yuzasidan qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi