Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mas’ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident qaror va farmonlariga asosan turizmga yo‘naltirilgan tadbirkorlik harakatlarini rag‘batlantirishni maqsad qiluvchi imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Oqqulov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, turistik harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq quyidagi imtiyozlar amaliyotga tatbiq qilinadi:
- Turoperatorlar va aviakompaniyalarning O‘zbekistonga charter reyslarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlarining bir qismi, har bir yo‘lovchi uchun 20-50 AQSh dollari miqdorida davlat byudjeti va jamg‘arma hisobidan qoplanadi.
- Tadbirkorlik sub’ektlarining turizm sohasidagi innovatsion loyihalari grantlar asosida 100 mln so‘mgacha moliyalashtiriladi.
- Mahalliy turoperatorlarning nufuzli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlari Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
- Xorijiy kinokompaniyalarning O‘zbekistonda amalga oshiriluvchi kinoloyihalari bo‘yicha xarajatlari 300 ming AQSh dollarigacha davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
- Tadbirkorlarning tematik ovqatlanish punktlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan xarajatlari 10 mln so‘mgacha qoplanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi