Yurtimizda keng nishonlanadigan 1 oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Ayni paytda mamlakatimizda mazkur bayramni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda, deyiladi Xalq ta’limi vazirligi murojaatnomasida.
Mazkur jarayonda ba’zi sinflarning qo‘mita vakillari «o‘ta faollik» ko‘rsatmoqda. Ya’ni, o‘qituvchilarni bayram bilan tabriklash maqsadida pul yig‘imlarini tashkil qilish natijasida ayrim ota-onalar noroziligini keltirib chiqarish holatlari uchramoqda.
Xalq ta’limi vazirligi 1 oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayramida farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarni o‘z istak, imkoniyatlaridan kelib chiqib, tabriklayotgan ota-onalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Lekin o‘qituvchilarni tabriklash natijasida ota-onalar noroziligi kelib chiqishi kerak emas. Agarda kimning imkoniyati bo‘lmasa, boshqa faol ota-onalar tomonidan majburlash yoki ular nomidan umumiy sovg‘a qilish bahonasida majburiy pul yig‘ish noto‘g‘ri.
Xalq ta’limi vazirligi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda ota-onalar noroziligi bilan undiriladigan barcha yig‘im turlariga chek qo‘yish kerakligini eslatib o‘tadi. O‘qituvchilarni xursand qilmoqchi bo‘lsak, bayramni haqiqiy ko‘tarinki ruhda nishonlaylik va hech kimni norozi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaylik, deyiladi murojaatnomada. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi