Moliya vazirligida Fransiyaning Veolia Environment kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha vitse-prezidenti Malika Genduri boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik doirasida Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimini boshqaruvga topshirish bo‘yicha loyiha konsepsiyasi muhokama qilingan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha shahar issiqlik ta’minoti tizimini xalqaro texnik va ekologik standartlar darajasida modernizatsiya qilish va rivojlantirish, shuningdek, ishlab chiqarilgan va yetkazib berilgan energiya manbalarini hisobga olish uchun zamonaviy axborot tizimlarini joriy etishni ko‘zda tutadi.
Uchrashuv so‘ngida Veolia Environment kompaniyasi loyihaning texnik-iqtisodiy asosini o‘z ichiga olgan bitim konsepsiyasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimiyatiga taqdim etgan.
2018 yil 9 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida prezident Emmanuel Makron bilan bu haqda kelishuv imzolagandi.
Veolia Environment — Parijda joylashgan ko‘p tarmoqli kompaniya hisoblanadi. Suv ta’minoti, kommunal xizmatlar, energiya va transport xizmatlari kabi faoliyat yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Kompaniya 160 yildan ortiq sanoat tajribasiga ega bo‘lgan resurslarni boshqarish tizimini optimallashtirish sohasidagi yetakchilardan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi