4 107
Qalbaki “Coca-cola” va “Fanta” ishlab chiqarib sotib yurgan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi
Bozorlar, do‘konlarda qo‘lbola usulda, yashirincha tayyorlangan yaxna ichimliklar sotilishini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, departamentning viloyat boshqarmasi va Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tadbirda “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadon ko‘zdan kechirildi.
Xonadonda yashovchi Samadbek Saidqahhorov (kollej talabasi, ism-familiyalar o‘zgartirilgan) qo‘lbola tarzda ichimlik tayyorlab sotayotgani ayon bo‘ldi. Xolislar ishtirokida xonadon omborxonasidagi yashirin sexdan kislorod balloni, gazlashtirish dastgohi, bir yarim va bir litrlik yuzdan ziyod plastmassa idishga quyilib tayyorlab qo‘yilgan “Coca-cola”, “Pepsi-cola”, “Fanta” ichimliklari, qopqoqlar, qadoqlash uchun sellofan paketlar va boshqa ashyolar olindi. Viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya markazi qo‘lbola usulda tayyorlangan mazkur ichimliklar iste’molga yaroqsizligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi haqida xulosa berdi.
— Kislorod balloni va gazlashtirish dastgohini Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesidagi temir bozoridan sotib olgandim, — deydi aybiga to‘liq iqror bo‘lgan S.Saidqahhorov. — Ichimliklarni bir o‘zim tayyorlab do‘konlarga topshirganman. Marg‘ilon shahridagi spirtli ichimliklar do‘konlariga donasini 2000 so‘mdan o‘tkazganman.
Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlariday, g‘ayriqonuniy daromad orttirishga uringan “ishbilarmon”ning qilmishiga chek qo‘yildi. Sud yoshligi, astoydil pushaymonligini inobatga olgan holda unga jarima jazosini tayinladi.
Bu haqda “Huquq” gazetasi orqali Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi boshlig‘i Kamoljon Yuldashev ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi