2 901
IIBB: “Tez yordam” shifokorlariga qilingan tajovuzga nisbatan qonuniy chora ko‘rilmoqda
Joriy yil 25 sentyabr kuni Toshkent shahar “Tez yordam” stansiyasi “Call-markazi”ga Yashnobod tumani Botkina ko‘chasida joylashgan uylarning birida istiqomat qiluvchi A.A.ning ahvoli og‘irlashgani haqida qo‘shnisi orqali xabar kelib tushgan. Ushbu xabar zudlik bilan Yashnobod tumani 3-podstansiyasiga yetkazilib, “Tez yordam” brigadasi aytilgan manzilga yetib borgan, deya xabar beradi IIBB matbuot xizmati.
Vrach Q.S. va feldsher M.O. bemor A.A.ni ko‘rikdan o‘tkazganida u vafot etgani ma’lum bo‘lgan. Biroq, bemorning yaqinlari shifokorlardan bemorga reanimatsiya yordami ko‘rsatishni talab qilgan. Shifokorlar ularga bu foydasiz ekanini tushuntirishiga qaramasdan, bemorning yaqinlari tibbiyot xodimlariga tahdid qilib, tan jarohati yetkazishgan. Natijada M.O. tan jarohati olib, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga borgan va u yerda feldsherga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng, ushbu holat bo‘yicha voqea joyiga Toshkent shahar Shayxontohur tuman prokuraturasi tergovchisi va tergov tezkor guruhi yetib kelgan.
Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, shu kunning o‘zida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Respublika sud tibbiyot ekspertizasi ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali Yashnobod tuman punkti tanatalogiya bo‘limining 26 sentyabr kunidagi xulosasiga ko‘ra, o‘tkir nafas va yurak qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pkalar shishi hamda noma’lum etiologiyali zaharlanish A.A.ning o‘limiga sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent shahar Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?