O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining mutasaddilari tomonidan qurol to‘g‘risidagi qonun yuzasidan respublikamiz bo‘ylab olib borilayotgan targ‘ibot ishlari o‘z samarasini bermoqda.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro T.Xurramov o‘zining yashab kelayotgan uyida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtida, uyning tom qismidan marhum bobosidan qolgan TOZ rusumli, 16 kalibrli, bir stvolli, 1964 yilda ishlab chiqarilgan ov qurolini topib olib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Samarqand viloyatida joylashgan bo‘linmasiga xabar bergan va o‘z xohishi bilan o‘rnatilgan tartibda topshirgan.
Bundan tashqari Toshkent viloyati hududida ham fuqarolarimiz tomonidan topilgan qurollar Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalariga belgilangan tartibda topshirilganligi holatlari kuzatilgan.
Mazkur vaziyat yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar halqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani va ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etayotganidan dalolatdir.
Eslatib o‘tamiz, hurmatli fuqarolar, qurol bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday masalalar yuzasidan 71-236-50-08 raqamlari orqali Milliy gvardiyasi mutasaddilari bilan bog‘lanishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi